Avtomobillar narxlari 3 mln so‘mdan 19 mln so‘mgacha tushiriladi

Deputat Doniyor G‘aniyevning yozishicha, Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi tomonidan "UZAUTOMOTORS” AJda “Raqobat to‘g‘risida”gi qonun talablari buzilishi bo‘yicha qo‘zg‘atilgan ishning davomi bugun ko‘rib chiqildi.

Qo‘mitaning maxsus komissiyasi tomonidan o‘tkazilgan tekshiruvlar kompaniya avtomobil narxlarini asossiz oshirganini tasdiqladi. Unga ko‘ra avtomobillar narxlari 3 mln. so‘mdan 19 mln so‘mgacha asossiz oshirilgani aniqlandi.

Shunga ko‘ra komissiya "UZAUTOMOTORS” AJga bugundan boshlab narxlarni asossiz oshirilgan qismini bekor qilib, avtomobillarni kamaytirilgan narxlarda sotish bo‘yicha ko‘rsatma berdi. Shuningdek, mart oyidan buyon, ya’ni yangi asossiz oshirilgan narxlarda avtomobillarni sotib olgan mijozlar bilan qayta hisob kitob qilish topshirig‘i berildi.

PS: Komissiya qarori majburiy kuchga ega. Lekin kompaniya komissiya qaroridan norozi bo‘lsa, sudga berishi va jarayon hali davom etishi ham mumkin.