Bag‘dodda notinchlik: namoyishchilar parlamentni egallab olishdi
Chorshanba kuni Iroqda ommaviy norozilik namoyishlari boshlandi. Bosh vazirlikka Muhammad Shiya al-Sudaniy nomzod qilib ko‘rsatilganidan norozi bo‘lgan namoyishchilar Bag‘dod markazidagi qo‘riqlanadigan “yashil hudud”da joylashgan parlament binosiga bostirib kirishdi. Ular asosan Eronga yaqin shia siyosatchisi sanalgan al-Sudaniy nomzodiga qarshi chiqqan radikal Imom Muqtada as-Sadr tarafdorlari ekani aytilmoqda.
Avvalroq Iroqda Eron ta’siri kuchayishiga ham qarshi bo‘lgan ayrim deputatlar vakolatlar olib tashlanishini e’lon qilgan edi. Keyinroq as-Sadrning chaqirig‘i bilan namoyishchilar parlament binosini tark etishdi. Ammo norozilik harakati boshqa shaharlar - An-Najaf, Basra va Karbaloni ham qamrab oldi.
Iroq o‘tgan yilning oktyabr oyidan beri parlament yangi hukumat rahbari va Iroq prezidentini saylay olmagani uchun keskin siyosiy inqirozni boshidan kechirmoqda. Hukumat tuzish uchun yetarli bo‘lmasa-da, muddatidan oldin saylovlar natijasida as-Sadr tarafdorlari eng ko‘p mandatga ega bo‘ldi. Boshqa kuchlar ham koalitsiya borasida kelisha olishmayapti.
As-Sadr parlamentni tarqatib yuborish va muddatidan oldin yangi saylovlar o‘tkazishga chaqirdi.