Iroq: as-Sadr o‘z tarafdorlarini Bag‘doddagi qonli namoyishlarni to‘xtatishga chaqirdi

Iroqda ko‘plab tarafdorlarga ega Muqtada as-Sadr bugun namoyishchilarni Bog‘doddagi tartibsizlarni to‘xtatishga chaqirdi, deya xabar bermoqda Associated Press.

As-Sadrning murojaati Iroq televideniyesi tomonidan namoyish etildi. U hukumat binolari joylashgan va hafta boshida namoyishchilar politsiya bilan to‘qnash kelgan hudud – “yashil zona”ni tark etishga chaqirdi.

Namoyishlar dushanba kuni al-Sadr siyosatdan ketishini e’lon qilganidan keyin boshlangan. Keyin yuzlab odamlar iroqlik siyosatchilarning chet ellik hamkasblari bilan uchrashadigan asosiy joy - respublika saroyiga bostirib kirishgan.

Mamlakat bo‘ylab komendantlik soati e’lon qilingan, biroq poytaxtda va mamlakatning boshqa mintaqalarida namoyishlar davom etmoqda.

Tartibsizliklar vaqtida kamida 30 kishi halok bo‘lgani, 700 ga yaqini yaralangani, ulardan 100 dan ortig‘i politsiya xodimlari ekanligi ma’lum qilindi.

Mamlakatdagi notinchliklar sababli bugun Emirates aviakompaniyasi Bag‘dodga va undan qaytayotgan barcha reyslarni bekor qilgan.

As-Sadr tarafdorlari Muhammad al-Sudaniyning “Muvofiqlashtiruvchi tuzilma” blokidan bosh vazir lavozimiga ko‘rsatilishiga qarshi bir necha haftadan beri norozilik namoyishlarini o‘tkazmoqda. Aytilishcha, blokni Eron qo‘llab-quvvatlagan shia partiyalari boshqarmoqda.

So‘nggi parlament saylovlarida Sadr bloki eng ko‘p o‘rinni qo‘lga kiritgan bo‘lsa-da, koalitsiyadan tashqari raqiblar bilan hukumat tuza olmadi.

As-Sadr tarafdorlari uning buyrug‘idan so‘ng “Yashil zona”ni tark eta boshladigani haqida yaqinda RIA Novosti agentligiga xavfsizlik kuchlaridagi manba ma’lum qilgan. Komendantlik soati bekor qilingan.