Iroq rasmiylari Shvetsiyadan Qur’onni yoqib yuborgan iroqlikni topshirishni talab qilmoqda

Iroq hukumati Shvetsiya hukumatidan norozilik namoyishi chog‘ida Stokgolmdagi masjid oldida Qur’onning bir necha sahifasini yoqib yuborgan 37 yoshli iroqlikni topshirishni talab qilmoqda, deb xabar bermoqda arab OAVlari.

"Biz Shvetsiya rasmiylaridan uni Iroq qonunlariga muvofiq sud qilish uchun Iroq rasmiylariga topshirishni talab qilamiz", - deya Iroq tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Ahmad al-Sahafdan iqtibos keltirgan OAV.

Bundan tashqari, Iroq Tashqi ishlar vazirligi Shvetsiyaning Bag‘doddagi elchisi Jessika Svardstromni chaqirib, Shvetsiya rasmiylaridan bunday xatti-harakatlarning takrorlanmasligi uchun zarur choralarni ko‘rishni so‘ragan.

Shu hafta boshida Shvetsiya politsiyasi faollarga chorshanba kuni Stokgolmdagi eng katta masjid yaqinida norozilik namoyishi o‘tkazishga ruxsat bergani xabar qilingan edi. Namoyish ishtirokchilaridan biri – iroqlik fuqaro Shvetsiya poytaxtidagi eng katta masjid oldida Qur’onning bir necha sahifasini yoqib yuborgan.