O‘zbekistonda keyingi bosqichga chiqish uchun oddiy yo‘l qolmadi, ammo...
Guruhda muddatidan oldin birinchi o‘rinni naqd qilgan Germaniya Ekvadorga qarshi bahsda g‘alabani istamadi shekilli, yakunda mag‘lub bo‘ldi. Bu natija O‘zbekistonning keyingi bosqichga chiqish yo‘llarini qisqartirdi: avval har qanday g‘alaba biz uchun yetarli bo‘lishi mumkin bo‘lgan to‘rtta senariy bor edi, endi esa ulardan faqat uchtasi qoldi.
Endi O‘zbekiston keyingi bosqichga chiqish uchun Kongoni kamida 4:0 hisobida mag‘lub etishi kerak bo‘ladi. Ya’ni qolgan uchta zarur natija qayd etilsa va O‘zbekiston yirik hisobda g‘alaba qozonsagina, pley-offga chiqish imkoniyati saqlanib qoladi.
Ha, yana bir yo‘li bor, lekin u eng oxirgi o‘yinga bog‘liq. O‘zbekiston Kongoga qarshi bahsni yakunlaganidan so‘ng Avstriya Jazoirga qarshi maydonga tushadi. Agar o‘sha uchrashuvda Avstriya, masalan, 5:0 hisobida g‘alaba qozonsa, O‘zbekistonga Kongoni istalgan hisobda yutish ham yetarli bo‘lishi mumkin.
Xullas, umid hali so‘nmagan. Garchi buning uchun bir nechta no real natijalar kerak bo‘lsa-da, imkoniyat oxirgi turning so‘nggi uchrashuvigacha saqlanib qoladi.