"Behbudiy" - Anqara sahnasida

Ayni kunlarda viloyat musiqali drama teatri ijodiy jamoasi Turkiya poytaxti Anqara shahrida gastrol safarida bo‘lib turibdi.
Ushbu gastrol o‘zbek va turk qardosh xalqlari o‘rtasidagi do‘stlik va madaniy aloqalarni yanada mustahkamlash hamda buyuk ma’rifatparvar, jadidchilik harakatining yetuk namoyandasi Mahmudxo‘ja Behbudiy tavalludining 150 yilligi munosabati bilan tashkil etildi.
Teatr jamoasi Anqara shahridagi sahnada rejissyor F.Boynazarov tomonidan sahnalashtirilgan “Behbudiy” spektaklini namoyish etdi.
Spektakl yakunida rejissyor F.Boynazarov, Mahmudxo‘ja Behbudiy obrazini ijro etgan Laziz Mamatqulov va badiiy rahbar J.Hojiyev Turksoy tashkilotining maxsus diplomlari bilan taqdirlandi.