Belarusda 360 nafar namoyishchi hibsga olingan

Amaldagi Prezident Aleksandr Lukashenkodan boshqa prezidentlikka muqobil nomzodlarni qo‘llash uchun yig‘ilgan namoyishchilarning aksariyati qismi Minsk shahrida hibsga olingan.
18 iyundan 21 iyunga qadar Belarusda o‘tkazilgan prezidentlikka muqobil nomzodlarni qo‘llash namoyishlarida umumiy hisobda 360 kishi hibsga olingan. Bu haqda “Vesna” (“Bahor”) huquqni himoya qilish markazi xabar berdi.

Hibsga olinganlarning 260 nafari poytaxtliklar hisobiga to‘g‘ri keladi. Shuningdek, yana 18 ta shaharda norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tgan va hibsga olish ishlari amalga oshirilgan.
Bir necha kun ilgari Minskda navbatdagi hibsga olish ishlari amalga oshirilganidan so‘ng 15 nafar “OMON”chilar o‘z xohishlari bilan xizmat vazifalaridan voz kechgani to‘g‘risida xabar qilindi.
Eslatib o‘tamiz, 2020 yil 9 avgust kuni Belarusda navbatdagi prezident saylovlari bo‘lib o‘tadi.