Belarusda namoyishlar davom etmoqda
Belarus muxolifati Minsk shahridagi Mustaqillik maydonida ruxsat berilmagan norozilik namoyishi o‘tkazdi va shaharning markaziy ko‘chasi bo‘ylab harakatlana boshladi. Bu haqda 26 oktyabr kuni RIA Novosti nashri ma’lum qildi.
Maydonga dastlab yoshi keksa fuqarolar yig‘ildi, keyinchalik ularga Belarus davlat universiteti talabalari qo‘shildi. Ular yoshi keksalar tomonidan olqishlar bilan kutib olindi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Belarusning yirik zavodlari – “Naftan”, “Belaruskaliy”, “Grodno Azot”, “BelAZ” Minsk traktor zavodi va Minsk avtomobil zavodlarida ish tashlash ko‘zatilmagan.
Hozircha “Gazprom transgaz Belarus”, “Savushkin produkt” va Belarus metallurgiya zavodlari va tashkilotlari haqida ma’lumot mavjud emas.
Eslatib o‘tamiz, bugun 26 oktyabr kuni muxolifat yetakchisi Svetlana Tixanovskaya e’lon qilgan ultimatum muddati o‘z yakuniga yetdi. 25 oktyabr kuni u “umumxalq ish tashlash” boshlanganligi to‘g‘risida e’lon qildi. Shundan so‘ng Mins kuchalariga 100 mingdan ortiq odam norozilik namoyishiga to‘plandi.
Svetlana Tixanovskaya respublika hukumatiga bir qator talablar qo‘ygan edi. Unga ko‘ra, mamlakatning amaldagi prezidenti Aleksandr Lukashenko iste’fo e’lon qilishi, siyosiy mahbuslar ozod etilishi va ko‘chalardagi zo‘ravonliklar to‘xtashi kerak edi.