Bir guruh soha vakillari “Oliy ta’lim a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi

Ular orasida Samarqanddagi oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari ham bor

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining buyrug‘i bilan 1 oktyabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan oliy ta’lim sohasida vijdonan faoliyat olib borib, yosh avlodning sifatli ta’lim olishida o‘zining fidokorona mehnati bilan namuna bo‘layotgan, tizim rivoji uchun o‘zining munosib hissasini qo‘shib kelayotgan bir guruh soha fidoyilari “Oliy ta’lim a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.
Ushbu ko‘krak nishoni bilan taqdirlanganlarning har biri bazaviy hisoblash miqdorining to‘rt baravaridagi pul mablag‘i bilan mukofotlanadi.

Abdullayev Rajab – Samarqand iqtisodiyot va servis instituti buxgalteriya hisobi kafedrasi professori.
Muxammedov Murod Muxammadiyevich – Samarqand iqtisodiyot va servis instituti iqtisodiyot nazariyasi kafedrasi professori.
Pardayev Mamayunus Qarshiboyevich – Samarqand iqtisodiyot va servis instituti iqtisodiy tahlil va statistika kafedrasi professori.
Agababyan Irina Rubenovna – Samarqand davlat tibbiyot universiteti kafedra mudiri.
Allayorov Yaxshinor Norboboyevich – Samarqand davlat tibbiyot universiteti xodimlar kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi.
Elmurodov G‘ayratjon Abdumurodovich – Samarqand davlat tibbiyot universiteti moliya va iqtisod ishlari bo‘yicha prorektori.
Kurbaniyazov Zafarjon – Samarqand davlat tibbiyot universiteti 1-son xirurgik kasalliklar kafedrasi mudiri.
Mahmudova Aziza Nugmanovna – Samarqand davlat tibbiyot universiteti ijtimoiy va gumanitar fanlar kafedrasi mudiri.
Arziqulov Abduxoliq Ulashevich – O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika institutining aniq fanlar kafedrasi dotsenti.
Jo‘rayev Hamza Xamrakulovich – O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti dotsenti.
Rahimova Gulbahor Qarshibayevna – O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti boshlang‘ich ta’lim nazariyasi va amaliyoti kafedrasi dotsenti.
Yunusov Xudoynazar Beknazarovich – Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti rektori.
Dilmurodov Nasriddin Babakulovich – Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti kafedra mudiri.
Elmurodov Abdug‘ani Aktamovich – Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori.
Farmonov Nizom – Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti kafedra mudiri.
Ro‘ziqulov Rahmatullo Fayzullayevich – Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti boshqarma boshlig‘i.
Soleyev Ahmadjon – Samarqand davlat universiteti o‘quv ishlari bo‘yicha birinchi prorektori.
Qurbonov Habibulla – Samarqand davlat universiteti ehtimollar nazariyasi va matematik statistika kafedrasi dotsenti.
Hasanov Shavkat Ahadovich – Samarqand davlat universiteti istiqlol davri adabiyoti va adabiyot nazariyasi kafedrasi mudiri.
Quvondiqov Obloqul – Samarqand davlat universiteti muhandislik fizikasi instituti umumiy fizika kafedrasi professori.
Laqayev Saidahmat Norjigitovich – Samarqand davlat universiteti professori, akademik.
Muqimov Ziyadullo – Samarqand davlat universiteti davlat-huquqiy fanlar kafedrasi professori.
Mustafoyev Shomurod Normo‘minovich – Samarqand davlat universiteti Kattaqo‘rg‘on filiali direktorining birinchi o‘rinbosari.
Xudoynazarov Xayrulla – Samarqand davlat universiteti nazariy va amaliy mexanika kafedrasi mudiri.
Safarov Shahriyor – Samarqand davlat chet tillar instituti tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedrasi professori.
Usmanov Ural – Samarqand davlat chet tillar instituti ingliz filologiyasi kafedrasi dotsenti.
Xayrullayev Xurshidjon Zayniyevich – Samarqand davlat chet tillar instituti o‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi mudiri.
Eshonqulov Babur Mamurovich – Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar instituti ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori.
Gadoyev Abror Niyazovich – Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori.

Ochilov Xurshid Abdurashidovich – Samarqand viloyati hokimining Yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari.