Birinchi chorakda ishlab chiqarishda 132 ta baxtsiz hodisa yuz bergan, 42 nafar xodim halok bo‘lgan

Yanvar-mart oylari davomida ishlab chiqarishda yuz bergan 132 ta baxtsiz hodisa belgilangan tartibda maxsus tekshirildi, shulardan 26 tasi o‘lim bilan tugagan, 97 tasi oqibati og‘ir va 9 tasi guruhiy baxtsiz hodisalarni tashkil etdi. Bu haqda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi ma’lumot berdi.

Yuz bergan baxtsiz hodisalar oqibatida 42 nafar xodim halok bo‘lgan, 104 nafar xodim og‘ir tan jarohati va 4 nafari yengil tan jarohati olgan.

5 972 ta korxonada o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida 11 315 ta qonun buzilish holati aniqlanib, 2 483 nafar mansabdor shaxsga nisbatan 4 mlrd. 864 mln. 600 ming so‘m miqdorida ma’muriy jarimalar qo‘llanilgan.