Birjada paxta yog‘i narxi ko‘tarildi

26 aprel – 2 may kunlari "O‘zbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasi" aksiyadorlik jamiyatining barcha savdo platformalarida 1 817,4 milliard so‘mlik tovarlar sotilgan bo‘lib, bu avvalgi haftaga nisbatan 10,7 foizga ko‘pdir.

O‘tgan haftada birja savdolariga 8 047,0 tonna paxta yog‘i qo‘yilgan bo‘lsa, shundan 6 902,0 tonna, ya’ni 85,8 foiz hajmdagi paxta yog‘i sotilgan. Elektron savdolarda ishtirok etgan xaridorlarning o‘rtacha kunlik soni 130 kishini tashkil qildi.
Ko‘rib chiqilayotgan davrda barcha navli paxta yog‘ining kunlik o‘rtacha narxlari mahsulotning bir tonnasi uchun 15 004,1 ming so‘mdan 17 228,7 ming so‘mgacha, ya’ni 14,8 foizga ko‘tarildi. Hafta yakunlariga ko‘ra, 1-navli paxta yog‘ining haftalik kotirovkasi mahsulotni bir tonnasi uchun 16 310,3 ming so‘mni tashkil etdi.