Samarqandda may oyining dastlabki dekadasida qancha yog‘ va shakar maqbul narxlarda savdoga chiqarilgan?

Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamenti viloyat boshqarmasi zarnews.uz.ga quyidagilarni ma’lum qildi:

Qayd etilishicha, barcha dehqon bozorlariga viloyat hokimligi taqsimoti asosida 14 ta ishlab chiqaruvchi hamda 21 ta ulgurji savdo korxonalari biriktirilgan.

Departament xodimlari tomonidan ularga o‘z mahsulotlarini tegishli bozorlarda birinchi qo‘l tamoyilida sotishlari uchun qulay sharoitlar yaratilgan.

O‘z navbatida tizim xodimlari paxta va o‘simlik yog‘i, shakar mahsulotlarini aholiga arzon narxlarda yetkazib berilishi yuzasidan kunlik nazorat o‘rnatgan.

Tahlillarga ko‘ra, may oyining o‘tgan 10 kunida 75,2 tonna paxta yog‘i, 15,6 tonna o‘simlik (pista) yog‘i va 23,5 tonna shakar mahsulotlarini maqbul narxlarda savdoga chiqarilgan.