Bitiruvchilar uchun “Karera kuni” tashkil etildi
Samarqand iqtisodiyot va servis instituti tomonidan bitiruvchi bosqich talabalari bandligini ta’minlash, ularni mutaxassisligi va qiziqishlariga mos ish o‘rinlariga yo‘naltirish maqsadida “Karera kuni” mehnat yarmarkasi tashkil etildi.
Tadbirda bitiruvchi yoshlar uchun mavjud bo‘sh ish o‘rinlari, mehnat bozoridagi talab yuqori bo‘lgan kasb va yo‘nalishlar, ishga qabul qilish tartiblari hamda zamonaviy ish beruvchilarning asosiy talablari haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
Talabalar korxona va tashkilotlar vakillari bilan bevosita muloqot qilib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar, mutaxassisliklari bo‘yicha bo‘sh ish o‘rinlari bilan tanishdilar va kelgusidagi mehnat faoliyatlari yuzasidan muhim tavsiyalarga ega bo‘ldilar.
“Karera kuni” mehnat yarmarkasida 70 ga yaqin ish beruvchi korxona-tashkilot vakillari qatnashdi va 100 nafarga yaqin talabalar suhbat, shartnoma va anketa to‘ldirdi. Tadbir talaba-yoshlarning kasbiy yo‘nalishini belgilash, ularni ish beruvchilar bilan amaliy aloqalarni mustahkamlash hamda oliy ta’lim va ishlab chiqarish o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirishga ko‘mak berdi.