Bo‘lgan voqea: Tanish chehra
- 31.07.2022 07:53
- 299
- Mutolaa

Avtobus to‘xtadi. Derazadan tashqariga termulib ketayotgan qizning qarshisiga bir nechta og‘ir sumka ko‘tarib olgan ayol to‘xtadi.
Qiz o‘ziga qarab-qarab qo‘yayotgan xotinga ko‘zi tushishi bilan teskari qarab oldi.
- Darsdan charchab chiqqan bo‘lsam... Shahar katta bo‘lsa. Bu xolani qaytib ko‘rarmidim, - o‘ziga-o‘zi pichirladi.
Biroq yana bir necha kundan keyin xuddi o‘sha xolani ko‘rdi. Faqat rasmini...
Tug‘ilgan kuniga atab bir quchoq atirgul olib kelgan yigit sekin shivirladi:
- Sen onam orzu qilganday kelin bo‘lasan! Onam ham juda mehribon ayol. Senga suratlarini ko‘rsataymi?
Rasmdagi ayol u avtobusda ko‘rgan o‘sha onaxon edi...
Zilola G‘aybullayeva.
Teglar:
Bo‘lgan voqea
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Senga baxt tilayman, Ona Sayyora!
- Kecha, 21:10
- Samarqand