Boltiq dengizida NATO, Qozog‘istonda KXShT harbiy mashg‘ulotlari o‘tmoqda
NATO hisobotiga ko‘ra, Boltiq dengizida boshlangan Ramstein Alloy nomli 2 kunlik mashg‘ulotlarda Vengriya, Germaniya, Chexiya, Italiya, Turkiya, Buyuk Britaniya, Estoniya, Latviya va Litva havo kuchlari hamda NATO sherigi Finlyandiya ishtirok etmoqda.
Ittifoqchi davlatlar havo kuchlarining tezkor reaksiya mashqlarida aloqa uzish, tutish, qidiruv-qutqaruv, havo jangi, to‘g‘ridan-to‘g‘ri havoda yordam berish va yoqilg‘i quyish kabi ssenariylar ishlanmoqda.
Shuningdek, Qozog‘istonda 26 sentyabrdan mashg‘ulotlar 8 oktyabrga qadar KXShT (Kollektiv xavfsizlik shartnomasi)ning tezkor harakat kollektiv kuchlari mashg‘ulotlari davom etadi.
“KXShTning “O‘zaro harakat-2022”, “Qidiruv-2022”, “Eshelon-2022” tezkor harakat jamoaviy kuchlari bilan mashg‘ulotlari Jambil va Olmaota viloyatlarida o‘tkaziladi”, deyiladi Qozog‘iston Mudofaa vazirligi xabarida.
Ushbu xabarga ko‘ra, KXShTga a’zo davlatlar harbiy kontingentlarining Kozog‘istonga temir yo‘l va havo transporti, shuningdek, g‘ildirakli harbiy texnika orqali 22 sentyabrda boshlangan harakati 30 sentyabrgacha davom etadi.