Braziliya prezidenti vatandoshlarini nolimaslik va shikoyat qilmaslikka chaqirdi

Braziliya koronavirus tarqalishi bilan bog‘liq og‘ir epidemik vaziyatni boshdan kechirmoqda. O‘tgan kun davomida yuqtirganlar soni 75 mingga ko‘paygan. Shu davrda COVID-19 kasalligidan 1699 bemor vafot etdi. Kasallik boshlanishiga bir yil bo‘lmay 260 ming kishi yangi turdagi koronavirusdan vafot etdi. Biroq prezident Jair Bolsonaru pandemiyaning jiddiyligini inkor etishda davom etmoqda.

Bolsonaru mamlakatdagi yangi temir yo‘l liniyasining ochilish marosimida shunday murojaat qildi: «Shov-shuv va shikoyatlarni to‘xtating. Yana qancha nolish mumkin? Agar muammolar bo‘lsa, ularni hal qilish kerak».

Epidemiyaga qarshi kurash choralari joylarda amalga oshirilmoqda. Rio-de-Janeyroda juma kunidan boshlab, soat 23:00 dan ertalab soat 5:00 gacha ko‘chada yoki jamoat joylarida to‘xtash taqiqlandi, shahar atrofida harakatlanish taqiqlanishi joriy etilmadi. Bar va restoranlar 40 foizdan ko‘p bo‘magan mehmonlarni qabul qilishlari va soat 17:00 da xizmat ko‘rsatishni to‘xtatishlari shart.

Braziliyada 18 yanvardan boshlangan emlash juda sekin davom etmoqda. Aholining deyarli 1 foizidan ko‘prog‘i vaksinaning ikkala dozasini olgan. Birinchi dozasi esa aholining taxminan 4 foizni tashkil qiladi. Braziliya hukumati Rossiyaning Sputnik V vaksinasini sotib olish bo‘yicha shartnoma shartlarini kelishib oldi.