Bugun Ishtixon tumanida bir qator ijtimoiy-iqtisodiy ob’yektlar foydalanishga topshirilyapti
Dastlab tumanda yangi bunyod etilgan sport maktabining universal sport zali foydalanishga topshirildi. Loyiha qiymati 5 milliard so‘m bo‘lgan mazkur binoda mini-futbol, gandbol, basketbol, voleybol kabi sport turlari bilan shug‘ullanish mumkin.
Majmuaning ochilish marosimida viloyat hokimi Erkinjon Turdimov ishtirok etdi.
- Shu paytgacha tumandagi bor imkoniyatlardan foydalanib, ishtixonlik yoshlar Osiyo va jahon chempionatlarida yuqori natijalarni qo‘lga kirityapti, - dedi hokim. - Masalan, O‘zbekiston ayollari o‘rtasida birinchi jahon chempioni Nigina O‘ktamova yaqinda Parij-2024 olimpiadasida ishtirok etdi. Bu majmuada shug‘ullanadigan ishtixonlik yoshlar bundan-da yuqori natijalarni qo‘lga kiritishiga ishonamiz.