Bugun yana 4 nafar bokschimiz oltin medal uchun ringga chiqadi

Kecha o‘tkazilgan jahon chempionati finali janglarida Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev, Hasanboy Do‘smatov va Bahodir Jalolovlarning muvaffaqiyati boks ixlosmandlari kayfiyatini ko‘tardi.

Bugun yana 4 nafar bokschimiz chempionlik uchun jang qiladi. Ular va raqiblari bilan tanishing:

-54 kg: Oybek Jo‘rayev - Mahmud Sabirxan (Qozog‘iston)

-57 kg: Abdumalik Xalokov - Saidel Xorta (Kuba)

-63,5 kg: Ruslan Abdullayev - Chinzorig Batarsux (Mo‘g‘uliston)

-71 kg: Saidjamshid Jafarov - Aslanbek Shimbergenov (Qozog‘iston)

Janglar soat 17:00 dan so‘ng boshlanadi!