Bulung‘urda ekobog‘ tashkil etiladi
- 20.07.2020 18:15
- 177
- Samarqand
Bulung‘ur tumani ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish inspeksiyasi tashabbusi bilan tuman markazidagi 2,5 gektar qarovsiz yotgan yer maydonida dunyo standartlariga mos tarzda ekobog‘ tashkil etish rejalashtirilmoqda.
Joriy yilning 20 iyul kuni tuman hokimligi, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish inspeksiyasi va mutasaddi tashkilotlar mas’ul xodimlari hamkorligida ekobog‘ loyihasi o‘rganildi.
Loyihaga ko‘ra, ekobog‘ning har ikkala kirish qismida tashabbuskor tadbirkorlar tomonidan 2 tadan maxsus tabiiy dam olish maskanlari, tayyor oziq-ovqat mahsulotlari sotish burchagi tashkil etiladi.
Shuningdek, ekobog‘ning ichki qismiga 1000 ga yaqin manzarali daraxtlar va o‘simliklar ekiladi. Ular atrofida zamonaviy yugurish maydoni, veloyo‘laklar barpo etilishi ko‘zda tutilmoqda.
Samarqand viloyati ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi axborot xizmati.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- 3 soat avval
- Mutolaa
Hayot tuprog‘iga qorishgan oltin
- Bugun, 10:05
- Mutolaa
Shafqatsiz hayvonlar
- Kecha, 19:57
- O'qing, qiziq!