Buxoro viloyatida bir oilani tom bosib qoldi

Kecha, 4 may kuni kuchli yomg‘ir tufayli Olot tumani Xalqobod mahallasi, Alisher Navoiy ko‘chasida joylashgan Elbek O‘rinovga tegishli uyning tom qismi qulab tushgan.

Vayronalar ostida fuqaroning qarindoshlari qolib ketgan. Ushbu hududda xizmat qilayotgan favqulodda vaziyatlar tezkor guruhi xodimlari tomonidan amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasida E.O‘rinovning onasi Qunduz Tog‘ayeva, shuningdek uning farzandlari — 5 yoshli Otabek va 3 yoshli Oydina vayronalar ostidan qutqarib olingan.

Milliy gvardiya matbuot xizmati xabariga ko‘ra, jabrlanganlarga voqea joyida birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan.