Chechenistonda Yevropadagi eng katta masjid qurib bitkazildi

23 avgustda Chechenistonning Shali shahrida Yevropadagi eng katta masjidning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Ramzan Qodirov o‘zining VKontakte ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida ma’lum qilgan.

"Yevropadagi eng katta masjid va uning yonida tiklangan Qur’on hofizlari–Qorilar maktabining ochilish marosimi 23 avgustda bo‘lib o‘tadi. Masjid qurilishi va ichki bezak ishlari tugallangan. Ozroq ishlari qolgan. Belgilangan sanagacha tugatishadi.

Ushbu masjid qurilishida ishlagan ishchilarga, qurilishga mas’ul bo‘lgan barcha kishilarga o‘z minnatdorligimni bildiraman" deydi Qodirov o‘z xabarida.

Eslatib o‘tamiz, ushbu masjidning qurilishida o‘zbekistonlik ishchilar ishlashgan va ichki bezak ishlarini o‘zbekistonlik  hattotlar bajarishgan.