Chek mojarosiga barham beriladigan bo‘ldi
Joriy yil 1 iyundan boshlab:
- “Soliq” mobil ilovasi orqali mulkchilik shaklidan qat’i nazar, birinchi marotaba kelib tushgan murojaat bo‘yicha soliq to‘lovchi huzuriga borgan holda profilaktik suhbat o‘tkazilib, tadbirkorlik sub’yektining qonun talablarida ish yuritishi to‘g‘risida rasman ogohlantiriladi. Unga nisbatan ta’sirchan moliyaviy jazo choralari ko‘rilmaydi.
- murojaat bo‘yicha sayyor soliq tekshiruvi o‘tkazilayotgan yoki o‘tkazilgan tekshiruv natijasi bo‘yicha qaror qabul qilish jarayonida ushbu sub’yekt bo‘yicha takroriy tushgan murojaatlar ko‘rib chiqilmaydi.
- jamoatchilik nazoratini kengaytirish maqsadida, bir fuqaro tomonidan 24 soat ichida 2 tadan ortiq hamda 30 kalendar kuni davomida 1 ta shoxobcha bo‘yicha 1 martadan ko‘p murojaat yuborilishiga cheklov o‘rnatiladi.
- davlat soliq xizmati organlari xodimlarining huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi murojaatlari mukofot to‘lanmaydigan murojaatlar sifatida qayd qilinadi.