Samarqandda “onlayn” nazorat kassa mashinalaridan foydalanmay kelayotgan tadbirkorlar soni ma’lum bo‘ldi
- 16.10.2021 22:02
- 87
- Iqtisodiyot
Viloyat hokimining o‘rinbosari Jamshid O‘roqovga ko‘ra, “Onlayn” nazorat kassa mashinasi o‘rnatish, virtual kassa tizimini joriy qilish va bankdan tashqari pul mablag‘lari aylanishini qisqartirish hisobiga byudjetga qo‘shimcha 10,2 milliard so‘m mablag‘ tushirilgan.
Bugungi kunda “onlayn” nazorat kassa mashinalaridan 2 835 ta shoxobcha foydalanmasdan kelmoqda, 1 954 tasi 3 kun, 1 539 tasi 10 kun, 2 486 tasi 30 kundan ortiq vaqt mobaynida foydalanmagan.
Bugungi kunda 19 752 ta naqd pul tushumiga ega shoxobchalar mavjud bo‘lib, shundan 18 970 tasiga “onlayn” nazorat kassa mashinasi o‘rnatilgan, yana 782 tasiga o‘rnatilishi belgilangan.
Ta’kidlanishicha, byudjetga soliq yig‘imini ko‘paytirishdagi eng og‘ir nuqtalardan biri ham aynan NKMlarni ishlatmaslik, xarid uchun chek bermaslik va o‘z navbatida soliqni yashirish bo‘lib qolmoqda.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- Kecha, 11:54
- Mutolaa