Chexiya hukumati mamlakat bo‘ylab fuqarolar harakatlanishini chekladi
- 22.10.2020 12:50
- 56
- COVID-19
Mamlakatda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanish holati oshgani sababli, Chexiya hukumati mamlakat bo‘ylab fuqarolar harakatlanishini chekladi. Bu haqda mamlakat sog‘liqni saqlash vaziri Roman Primula ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, ishga borishga yoki biznes maqsadida harakatlanishga, oila a’zolarini ko‘rishga borishga, oziq-ovqat va hayotiy ehtiyojlar bilan bog‘liq boshqa joylarga tashrif buyurishga ruxsat beriladi. Bundan tashqari, tibbiyot maskanlariga borishga ham ruxsat bor.
19 oktyabr kuni Pragada koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan sayyohlar uchun mehmonxona ochilganligi haqida ma’lum qilingan edi. U muloqotsiz faoliyat ko‘rsatadi, mehmonxonaga joylashish ishchi-xodimlar ishtirokisiz, virtual yordamchi ko‘magida amalga oshiriladi.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Hayot tuprog‘iga qorishgan oltin
- 16 daqiqa avval
- Mutolaa
Shafqatsiz hayvonlar
- Kecha, 19:57
- O'qing, qiziq!
Samarqandda “smart avtobekat”lar o‘rnatiladimi?
- Kecha, 18:17
- Samarqand
Yonimizdagi soxta mehribonlar
- Kecha, 16:05
- Mutolaa