Cho‘l hududida tematik xiyobon tashkil qilgan tadbirkorlarga imtiyoz bor

Respublika Prezidentining 2024 yil 12 yanvardagi PQ-21-sonli qaroriga ko‘ra, turizm infratuzilmasini rivojlantirish maqsadida cho‘l hududlarida rekreatsion turistik xizmatlarni ko‘rsatuvchi kurort zonalarini (toifali mehmonxonalar, SPA-mehmonxonalar, sanatoriy va pansionatlar) tashkil qilgan tadbirkorlarga imtiyoz beriladi.

Ya’ni, bu faoliyatni yo‘lga qo‘ygan tadbirkorlik sub’yektlari uch yil davomida foyda solig‘ini va yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘ini ushbu soliqlar bo‘yicha belgilangan soliq stavkalariga nisbatan 50 foizga kamaytirilgan soliq stavkalari bo‘yicha to‘laydi.
Shuningdek, cho‘l hududlarida tematik xiyobonlarni tashkil qilgan yuridik shaxslar bunday xiyobonlar foydalanishga topshirilgan kundan e’tiboran uch yil davomida yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni va yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘ini ushbu soliqlar bo‘yicha belgilangan soliq stavkalariga nisbatan 50 foizga kamaytirilgan soliq stavkalari bo‘yicha to‘lashi belgilangan.