COVID-19 bilan kasallanish ilk marta 2019 yilning yoz oylarida boshlanganmi?

Garvard universitetining tibbiyot maktabi mutaxassislari professor Jon Braunsteyn boshchiligida Uxan shahrining yirik kasalxonalari yonidagi to‘xtash joyida yig‘ilgan avtomobillarning so‘nggi ikki yildagi dinamikasini o‘rganib chiqdi.

Ular 2019 yilning avgust oyidan boshlab kasalxonalar avtomobil to‘xtash joylaridagi avtomobillar soni shiddat bilan oshganini aniqlashdi. To‘xtash joylaridagi avtomobillar soni ko‘z oylarida eng yuqori nuqtaga yetgan. Mutaxassislar bergan ma’lumotga ko‘ra, o‘sha davrda avtomobillar soni o‘rtacha 67 foizga oshgan.

Shu bilan birga mutaxassislar, internet foydalanuvchilari tomonidan izlangan ma’lumotlarni ham o‘rganib chiqdi. Aniqlanishicha, 2019 yilning ko‘z oylarida Uxan shahri aholisi, koronavirus alomatlari hisoblangan yo‘tal va diareya haqida tez-tez internet saytlaridan ma’lumot izlagan.

Guruh rahbarining so‘zlariga ko‘ra, mazkur ma’lumotlarni COVID-19 bilan bog‘liq, deb yuz foiz ishonch bilan aytish qiyin. Biroq mutaxassislar, Uxandagi vaziyat koronavirus infeksiyasining dengiz mahsulotlari bozorida avj olishidan ilgari murakkab bo‘lganligi aniq, deb hisoblamoqda.