Shanxay hukumati COVID-19 ning oldini olish maqsadida metroni butunlay yopdi

Bu haqda Associated Press agentligi xabar berdi.

Shahar ma’muriyati ishlayotgan so‘nggi ikki metro liniyasida harakatni to‘xtatgan va shu tariqa birinchi marta Shanxaydagi butun metro tizimi to‘xtagan.

Kecha kunning ikkinchi yarmida rasmiylar shaharning bir qator hududlarida cheklovlarni biroz yumshatgan va aholiga ko‘chada yurishga ruxsat berilgach, yana cheklov choralar kuchaytirildi. Cheklovlar Shanxaydagi ommaviy test natijalariga qarab uzaytirilishi mumkin.

25 million aholiga ega Shanxayda kunlik yangi koronavirus holatlari soni qariyb 3 mingga tushgan, aprel oyi o‘rtalarida esa bu ko‘rsatkich 26 mingga yetgan edi. Bir kun oldin shaharda olti kishi koronavirusdan vafot etgan, Shanxayda epidemiya boshlanganidan beri vafot etganlarning umumiy soni 553 nafarga yetdi.