JSST: dunyo aholisining 90 foizi COVID-19 ga qarshi immunitetga ega

JSST ma’lumotlariga ko‘ra, dunyo aholisining kamida 90 foizi kasallik yoki emlash natijasida paydo bo‘lgan COVID-19 ga qarshi immunitetga ega, dedi tashkilot rahbari Tedros Adxanom Gebreyesus matbuot anjumanida.

Tedrosning qo‘shimcha qilishicha, o‘tgan haftada 8,5 mingdan ortiq odam vafot etgan bo‘lsa, so‘nggi besh hafta ichida COVID-19 dan haftalik o‘limlar soni biroz pasaygan.

"Lekin pandemiya boshlanganidan uch yil o‘tib, infeksiyalar oldini olish va hayotni saqlab qolish uchun juda ko‘p vositalar mavjud bo‘lgan bir paytda buni qabul qilib bo‘lmaydi", dedi u.

JSST rahbarining aniqlik kiritishicha, bugungi kunda "omikron"ning 500 dan ortiq sub-shtammlari mavjud.