Koronavirus qachon tugaydi? Vanganing pandemiya tugashi haqidagi bashorati ma’lum bo‘ldi

Mashhur bashoratchi Vanga butun dunyo bo‘ylab epidemiya "xo‘rozning birinchi qichqirig‘i" bilan yakunlanishini bashorat qilgan edi. Ushbu «xabar»ni Vanganing qarindoshi - uning cho‘qintirgan otasi Sergey Kostornoy yetkazgan.

Bashoratchi — tabib hayoti davomida infeksiyaning tarqalish manbasini aytib kelgan. Shuning uchun ham nazariyotchilar uni aynan koronavirus haqida gapirgan degan qarorga kelishdi.

Uning tarjimoni Stoyan Petrov bashoratchi ko‘pincha tilga olgan "sariq tahdid"ni esladi. Shuningdek, Vanga 2020 yilda insoniyatga ta’sir qila boshlaydigan "dunyoga tahdid soluvchi toj" haqida tez-tez gapirdi. Ko‘rinishidan, Vanga Xitoyni nazarda tutgan, chunki kasallikning manbai aynan o‘sha - Uxan shahridagi mahalliy baliq bozori edi. Virusni ham uning birinchi shtammi kabi dastlab "Uxan virusi" deb nomlangan.

Vanga insoniyat kasallikka qarshi qurolga ega bo‘lishini bilgan, deya bashoratini talqin qiladi cho‘qintirgan otasi. Ya’ni, COVIDdan himoya qiluvchi bir yoki bir nechta vaksinalar yaratiladi. Universal "antidot" ixtiro qilinguniga qadar kamida ikki yil kutish kerak bo‘ladi, deb tushuntirdi Kostornoy.

Odamlar kasallikni yengishga qodir bo‘lgan vaqt haqida gapirar ekan, bashoratchi "xo‘roz qichqiradigan" kun - 2022 yil 21 martni, qadimgi slavyan goroskopi bo‘yicha bahorgi tengkunlik kuni deb atagan. Biroq, bunday aniq prognoz skeptiklar orasida shubha uyg‘otadi, ular bashoratda Xo‘roz yili, ya’ni 2029 yilga urg‘u berilgan deb hisoblashmoqda.