Germaniyaga kirish uchun barcha COVID cheklovlar bekor qilindi
- 13.06.2022 17:01
- 62
- COVID-19
Germaniya tashqi ishlar vazirligi koronavirus pandemiyasi boshlanganidan beri kiritilgan barcha cheklovlarni bekor qildi.
Bundan buyon Germaniyaga istalgan maqsadda, xususan, turizm uchun, koronavirusga qarshi emlanganlik sertifikati, undan tuzalganlik yoki test sinovlarisiz sayohat qilish mumkin.
Biroq Xitoydan kelganlar, jumladan Germaniya fuqarolari uchun kirish cheklovlari amal qilishda davom etadi. Sabab – Xitoy hukumati cheklovlarni yumshatishdan bosh tortgan.
Shuningdek, emlanganlik, test yoki COVID-19 dan tuzalganlik sertifikati talabi koronavirusning xavfli variantlari tarqalayotgan mamlakatlar uchun amal qilishda davom etadi. Ammo bugungi kunda ushbu ro‘yxatda birorta ham davlat yo‘q.
Cheklovlar hozircha 31 avgustga qadar bekor qilindi. Biroq rasmiylar kasallik ko‘paygan taqdirda ularni qaytarish mumkinligini istisno qilmaydi.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Samarqandda “smart avtobekat”lar o‘rnatiladimi?
- Kecha, 18:17
- Samarqand
Shafqatsiz hayvonlar
- Kecha, 18:07
- O'qing, qiziq!
Hayot tuprog‘iga qorishgan oltin
- Kecha, 16:05
- Mutolaa
Yonimizdagi soxta mehribonlar
- Kecha, 16:05
- Mutolaa