Davlat amaldorlariga tadbirkorlik sub’yektini tashkil etish yoki uning muassisi bo‘lish taqiqlanadi
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga joylashtirilgan navbatdagi loyihaga ko‘ra, quyidagi shaxslarga tadbirkorlik sub’yektini tashkil etish yoki uning muassisi (ishtirokchisi) bo‘lish taqiqlanadi:
- oliy davlat va vakillik organi, davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining rahbarlari va boshqaruv xodimlari;
- huquqni muhofaza qiluvchi organlarning rahbarlari va boshqaruv xodimlari;
- O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining tarkibiga kiruvchi harbiy tuzilmalarda kontrakt bo‘yicha xizmat qilayotgan harbiy xizmatchilar;
- davlat ulushi 50 foiz va undan yuqori bo‘lgan korxona va tashkilotlar rahbarlari;
- davlat unitar korxonlari va davlat muassasalari rahbarlari.
O‘tgan yili Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha qaror qabul qilingan vaqtda davlat amaldorlariga biznes bilan shug‘ullanishni taqiqlash taklifi inobatga olinmagandi. Ko‘ramiz, bu safar loyiha shu ko‘rinishda o‘tadimi yoki yo‘qmi, deydi iqtisodchi Otabek Bakirov.