Davlat granti ikkinchi tanlovi e’lon qilindi
Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi
“Harakatlar strategiyasi, “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili” Davlat dasturi ijrosida fuqarolik
jamiyati institutlarining faol ishtirokini ta’minlash”
mavzuida Davlat grantlari ajratish uchun 2-tanlovni
E’LON QILADI
Tanlovga nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari va fuqarolik jamiyatini boshqa institutlarining quyidagi maqsadlarni nazarda tutgan ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalari qabul qilinadi:
1.Joylarda bandlikni ta’minlashda, kambag‘allikni bartaraf etishda, ayniqsa, yoshlarni va ayollarni kasbga yo‘naltirishda davlat organlari bilan ijtimoiy sheriklikni kuchaytirish;
2.Uy xo‘jaligi asosida oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirishda NNTva fuqarolik jamiyati institutlarining faolligini qo‘llab-quvvatlash;
3.Olis, tog‘li va chegara hududlarida aholiga sifatli ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatishning innovatsion chora-tadbirlarini amaliyotga joriy etish;
4.Mahallalarda band bo‘lmagan aholini, ayniqsa xotin-qizlar va yoshlarni hududning xususiyatidan kelib chiqib, ularning iqtisodiy, moliyaviy va biznes sohasidagi ko‘nikmalarini yuksaltirish hamda tadbirkorlikning turli sohalariga keng jalb qilish;
5.Mahallalarni ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy rivojlantirishga qaratilgan mahalliy rivojlanish dasturlarini davlat organlari bilan hamkorlikda amalga oshirish;
6.Hududlarning o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib kam ta’minlangan va daromadi past aholi qatlamini aniqlash, ularni ijtimoiy faolligini oshirish, aholida tadbirkorlik ruhini kuchaytirish, insonning ichki kuch-quvvati va salohiyatini to‘liq ro‘yobga chiqarish;
7.Olis, tog‘li va chegara hududlarida meva-sabzavotchilik, uzumchilik, urug‘chilik, chorvachilikni rivojlantirish orqali kambag‘allikni bartaraf etish;
8.Band bo‘lmagan aholini kasbga qayta tayyorlash va ishsiz fuqarolarni zarur kasblarga o‘qitish hamda bandligini ta’minlash;
9.Olis qishloq hududlarida NNTlar tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlar turlarini kengaytirish, aholining bandligi samaradorligini oshirish;
10.“Obod qishloq”, “Obod mahalla”, “Obod markaz” va boshqa Davlat dasturlaridagi vazifalarni amalga oshirishda NNT va fuqarolik jamiyati institutlarining faoliyatini qo‘llab-quvvatlash;
11.“Har bir oila tadbikor” Davlat dasturi doirasida aholini, ayniqsa ayollar va yoshlarni kasbga yo‘naltirish, tadbirkorlikka jalb qilish, imtiyozli kreditlar bilan ta’minlashda NNTlarning tijorat banklari bilan ijtimoiy sherikligini kuchaytirish;
12.Yolg‘iz va ko‘p bolali oilalar farzandlarini, ishsiz yoshlarni qo‘shimcha kasblarga (tikuvchilik, pazandalik, sartaroshlik va boshqa yo‘nalishlar) o‘rgatish kurslarini tashkil etish hamda bandligini ta’minlashga ko‘maklashish;
13.Mahalliy rivojlanish dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish orqali mahallalarda ijtimoiy korxonalarni tashkil etish hamda mehnat bozorida raqobatbardosh bo‘lmagan aholi qatlamining bandligini ta’minlash;
14.Yolg‘iz va ko‘p bolali ayollar, ishsizlar, yoshlar uchun mahallalarda yirik tadbirkorlik sub’yektlari bilan kasanachilik asosida masofadan turib ishlash (“frilansing”) imkoniyatlarini ommalashtirish;
15.Kam ta’minlangan va daromadi past aholi qatlamini aniqlash, ularni ijtimoiy faolligini oshirish, aholida tadbirkorlik ruhini uyg‘otish, insonning ichki kuch-quvvati va salohiyatini to‘liq ro‘yobga chiqarish;
16.Davlat dasturi ijrosi ustidan jamoatchilik nazorati mexanizmlarini joriy qilish;
17.“Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili” Davlat dasturi ijrosining aniq natijalarni, islohotlar jarayonlarni xorijiy va mahalliy OAVlarida keng yoritish.
Davlat granti ajratish uchun quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
1. Tashkilot rahbari tomonidan imzolangan va muhr bilan tasdiqlangan kuzatuv xati;
2. www.fundngo.uz veb-saytida joylashtirilgan shaklda to‘ldirilgan davlat granti loyihasi uchun ariza;
3. Oxirgi o‘zgartish va qo‘shimchalar bilan davlat ro‘yxatidan o‘tgan NNTlar va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining Ustavi (Nizomi) nusxasi;
4. Tashkilotning davlat ro‘yxatidan o‘tganligi to‘g‘risidagi guvohnoma nusxasi;
5. Agar loyihani amalga oshirish litsenziyalanadigan faoliyatni talab qilsa, unda litsenziyaning nusxasi;
6. Manfaatdor davlat va jamoat tashkilotlarining tavsiya hamda qo‘llab-quvvatlash xatlari.
Bitta loyiha uchun ajratiladigan grant miqdori – 40 million so‘mgacha.
Hujjatlar 2020 yil 15 apreldan 18 maygacha qabul qilinadi.
Hujjatlar O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi NNTlarni va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi nomiga “O‘zbekiston pochtasi” orqali yuboriladigan muhrlangan konvertlarda (A4 formatda) quyidagi manzil bo‘yicha qabul qilinadi: 100035, Toshkent shahri, Bunyodkor ko‘chasi, 1-uy.
Hujjatlarni taqdim etish shartlari va namunalari bilan Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondining www.fundngo.uz rasmiy veb-saytida tanishish mumkin.
Ma’lumot uchun telefonlar: (0-371) 239-26-76, 239-26-86.