Dekabr oyida to‘rtta astronomik hodisa yuz beradi

Shu oyda Quyoshning to‘liq tutilishi kutilyapti. Ikki marta yulduzlar yomg‘iri va Yupiter bilan Saturnning osmon gumbazida birga tizilishi ro‘y beradi.

"Qiziq tomoni shundaki, ushbu hodisalarning bari 14-21 dekabr oralig‘iga to‘g‘ri keladi. Shu bois ayni haftani shunday ham juda murakkab kechayotgan 2020 yilning eng astronomik sanalari, deb atash mumkin", deyiladi xabarda.

14 dekabr kuni Quyosh to‘liq tutiladi. Voqeaning to‘liq bosqichi 130 daqiqa davom etadi. Shu kuni meteorlar yomg‘iriga ham guvoh bo‘lamiz: soatiga 120 ta meteor uchadi.

Eng qisqa yorug‘ kun - 21 dekabrda astronomik qish kirib, tun qisqarishi, kun uzayishi boshlanadi.

Shu kuni osmon gumbazida ikkita gigant sayyora – Yupiter va Saturn birga “qayd etiladi”. Bunday hodisa har yuz yilda bir sodir bo‘ladi. Osmonda ularning eng yaqin ko‘ringani bundan 794 yil avval – 1226 yil 4 martda sodir bo‘lgan ekan.

21 dekabrdan 22 dekabrga o‘tar kechasi Ursida meteorlar oqimi eng yuqori darajaga yetib, soatiga 10 tagacha meteor uchadi.