«Dinamo» Tojikiston chempioni «Istiqlol»ni mag‘lub etdi
- 18.03.2019 16:54
- 166
- Sport

Superligada yuzaga kelgan tanaffusdan foydalanib, Samarqandning “Dinamo” jamoasi Toshkentda Tojikistonning amaldagi chempioni “Istiqlol” klubiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazdi.
OChL saralash bosqichida ishtirok etgan, hozirda OFK Kubogida qatnashayotgan Dushanbening “Istiqlol” jamoasini o‘tgan mavsum “Dinamo” muxlislariga begona bo‘lmagan Muhsin Muhammadiyev boshqargan bo‘lsa, hozirda Hakim Fuzaylov boshqarmoqda. OFK Kubogi bahslariga tayyorgarlik ko‘rayotgan Tojikiston chempioni 15 mart kuni “Surxon” jamoasini 4:2 hisobida mag‘lub etgan bo‘lsa, bu safar “Dinamo”ga qarshi maydonga tushdi.
Kutilganidek shiddatli va qiziqarli kurashlarga boy o‘tgan uchrashuvning 44-daqiqasida samarqandlik 24 yoshli hujumchi Amirjon Safarovning dushanbeliklarning serbiyalik posboni Nikola Stoshich darvozasiga kiritgan goli Samarqand jamoasiga g‘alaba keltirdi.
U.IBODOV.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
“Tashabbusli byudjet”: 129 ovozdan 17083 tagacha
- 40 daqiqa avval
- O‘zbekiston
Dunyodagi g‘ayrioddiy kinoteatrlar
- Bugun, 14:39
- O'qing, qiziq!
Noqonuniy qurilishlarga barham beriladi(mi?)
- Bugun, 10:39
- Samarqand