Donald Tramp 110 ming dollar jarimaga tortildi
AQSh sobiq prezidenti Donald Tramp sud tomonidan talab qilingan hujjatlarni taqdim etmagan kunlar uchun 110 ming dollar jarimaga tortildi.
Nyu-York sudyasi Trampga nisbatan hukmni ma’lum shartlar asosida bekor qildi va unga 110 ming dollar jarima to‘lashga hukm chiqardi.
Shu bilan birga, sud Trump Organization hujjatlarini yo‘q qilinishini o‘rganish va 20 maygacha qolgan hujjatlarni tekshirishni talab qilmoqda.
Avvalroq Nyu-York sudi Trampni sudga hurmatsizlikda ayblab, hujjatlarni topshirishdan bosh tortgani uchun kuniga 10 ming dollar to‘lash majburiyatini yuklagan edi.
Huquq-tartibot idoralarini Tramp kompaniyasi soliqqa past qiymat haqida xabar berib, lekin soliq imtiyozlarini olish va kreditorlarni hayratda qoldirish uchun yuqori qiymatdan foydalangan holda qonunni buzganligi qiziqtirmoqda.
Shu munosabat bilan sudga da’vo arizasi berish imkoniyati ko‘rib chiqiladi va jinoiy javobgarlikka tortish uchun asoslar mavjudligi tekshiriladi.