Dori vositalarining noqonuniy savdosiga chek qo‘yildi
- 12.03.2021 17:23
- 67
- Samarqand
Samarqandda jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha o‘tkazilayotgan “Zarbdor oyligi” tadbiri doirasida “Jartepa” chegara bojxona posti va viloyat milliy gvardiya xodimlari Samarqand shahri hududida noqonuniy tartibda dori vositalari va biologik faol qo‘shimchalarning oldi-sotdisi bilan shug‘ullanuvchi fuqarolarni aniqlash maqsadida tezkor tadbir o‘tkazdi.
Unda Samarqand shahri, Spetamen shox ko‘chasidagi avtoturargohda fuqaro A.B. “Dream TONUS” hamda “ARTEBIO” nomli jami 100 qutida dori vositalarini sotayotgan vaqtida to‘xtatib qolindi.
Shuningdek, fuqaro A.B. o‘z ixtiyori bilan avtomobilining bagajidan jami 78 quti dori vositalarini topshirdi. Natijada ushbu holatda jami 18 225 000 so‘mlik dori vositalari daliliy ashyo sifatida olib qo‘yildi.
Hozirda holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Samarqand viloyati bojxona boshqarmasi axborot xizmati.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Hayot tuprog‘iga qorishgan oltin
- 34 daqiqa avval
- Mutolaa
Shafqatsiz hayvonlar
- Kecha, 19:57
- O'qing, qiziq!
Samarqandda “smart avtobekat”lar o‘rnatiladimi?
- Kecha, 18:17
- Samarqand
Yonimizdagi soxta mehribonlar
- Kecha, 16:05
- Mutolaa