Dunyoda COVID-19 bilan kasallanganlar soni 90 milliondan ortiqni tashkil etdi
- 11.01.2021 12:04
- 25
- COVID-19
Jons Xopkins universitetining hozirgi (2021 yil 11 yanvar Toshkent vaqti bilan soat 10:21 holati) ma’lumotlariga ko‘ra, dunyoda kasallikni 90 million 279 mingdan ortiq odam yuqtirgan, ulardan 1 million 934 mingdan ortig‘i vafot etgan.
Kasallik tasdiqlangan holatlar bo‘yicha AQSh birinchi o‘rinda turibdi. Bu mamlakatda 21,761 milliondan ortiq koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar aniqlangan. Ikkinchi o‘rinda - Hindiston (10,450 milliondan ortiq), uchinchi o‘rinda - Braziliya (8,013 milliondan ortiq), to‘rtinchi o‘rinda Rossiya (3,401 milliondan ortiq), beshinchi o‘rinda - Buyuk Britaniya (3,017 milliondan ortiq).
JSST ma’lumotlariga ko‘ra, bir sutka davomida AQShda 313 516, Hindistonda 36 867, Braziliyada 52 035, Rossiyada 22 851, Buyuk Britaniyada esa 59 937 nafar yangi kasallanish holati aniqlangan.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Samarqandda “smart avtobekat”lar o‘rnatiladimi?
- Kecha, 18:17
- Samarqand
Shafqatsiz hayvonlar
- Kecha, 18:07
- O'qing, qiziq!
Hayot tuprog‘iga qorishgan oltin
- Kecha, 16:05
- Mutolaa
Yonimizdagi soxta mehribonlar
- Kecha, 16:05
- Mutolaa