Buyuk Britaniyaning port shahri - Duvrda vaziyat keskinlashdi

Fransiya yuk tashuvchilar uchun o‘z chegaralarini ochdi. Ammo navbatda yig‘ilib qolganlarning barchasi o‘tishi uchun bir necha kun kerak bo‘lishi aniqlanganda, ko‘pchilikning asabi dosh berolmadi. Haydovchilar va politsiya o‘rtasida to‘qnashuvlar yuz berdi.

"Hojatxonalar yo‘q! Bizda bitta «baxtiqaro» yoqilg‘i quyish shoxobchasi bor edi, uning ham hojatxonasini yopib qo‘yishdi. Nega bu la’nati hojatxonani yopish kerak? Nega?!".

Transport ortilgan parom orqali qit’aga yetib olish uchun haydovchilar COVID-19 ga salbiy javobga ega bo‘lish shart. Britaniya armiyasi ishlamayotgan aerodrom hududidagi Manston yuk parkida vaqtinchalik markazlar tashkil etishda yordam berishga jalb etildi. Ammo 4000 dan ortiq haydovchini testdan o‘tkazishning o‘zi bo‘lmaydi. Rojdestvoda uyda bo‘lish umidi so‘nib bormoqda. Haydovchilar buni turlicha qabul qilishdi.

- Ba’zilar bunga dosh berolmayapti. Boshqalar tajribali, hamma narsaga falsafiy qarashadi. Bu mening birinchi bor Rojdestvoda uyimdan uzoqda bo‘lishim emas. Yaxshi va afsus. Yaxshiligi, mening ishim bor. Va, afsuski, men oilam bilan emasman, deydi «dalnoboyщiklar»dan biri.

Birinchi yo‘lovchilar Buyuk Britaniyadan Parijning Ruassi aeroportiga 48 soatlik kirish bekor qilingandan so‘ng yetib kelishdi. «Yevrostar» poyezdlari ham ish boshladi. Endi koronavirus test javoblari salbiy bo‘lgan «Shengen» zonasi aholisi uylariga qaytishlari mumkin. Ammo Buyuk Britaniya fuqarolariga Fransiyaga faqat favqulodda holatda kirishga ruxsat beriladi, xolos.