Britaniyalik olimlar: qor o‘z-o‘ziga bahoni oshiradi
Qorda yurish nafaqat salomatlik va kayfiyat uchun, balki o‘z-o‘ziga baho berishga ham yordam beradi: Polsha va Britaniya olimlari shunday xulosaga kelishdi. Ularning so‘zlariga ko‘ra, qishki sokin ko‘chada 40 daqiqalik sayr o‘ziga ishonmagan odamlarga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Hatto go‘zal qishki landshaftli manzarani televizor orqali tomosha qilish ham, garchi aniq u darajada bo‘lmasa-da, xuddi shunday ijobiy ta’sirga ega.
"Bundan oldingi barcha tadqiqotlar "yashil" yoki "ko‘k" deb atalmish maydonlarda, ya’ni o‘rmon, bog‘, daryolarda o‘tkazilgan. Hozirgacha "oq" maydon - qor bilan qoplangan tabiiy landshaft - xuddi shunday ta’sir ko‘rsatishi mumkinligi o‘rganilmagan. Biz bu bilan qiziqdik", deydi Angliyadagi Raskin universiteti olimi.
Tadqiqot qor bilan qoplangan Polsha o‘rmonlarida 87 nafar kishidan iborat guruhda o‘tkazilgan. Tajriba natijalari o‘zini oqlagan. Qor bilan qoplangan dala kayfiyat bag‘ishlabgina qolmay, balki o‘z-o‘ziga baho berish uchun eng yaxshi landshaft ekanligi o‘z isbotini topdi.