Buyuk Britaniya bosh vaziri oilasi biznesi bilan bog‘liq ma’lumotlarni yashirganlikda gumonlanmoqda

Mamlakat parlamenti Bosh vazir Rishi Sunak ustidan tergov boshladi. Deputatlar manfaatlar mojarosi va biznes haqidagi ma’lumotlarni yashirishda gumon qilmoqda.

Bosh vazirning rafiqasi bolalarga qaraydigan kompaniyada ulushga ega. Londonda yil boshida bunday kompaniyalarga davlat subsidiyasi masalasi muhokama qilinganida, Sunak aslida uning oilasi bu masalada manfaatdor tomon ekanligi haqida indamaganligi aytilmoqda.