Jonson nima uchun Britaniya bosh vaziri saylovidan voz kechgani ma’lum bo‘ldi
Buyuk Britaniyaning sobiq bosh vaziri Boris Jonson yiliga 10 million funt sterling yo‘qotmaslik uchun oktyabrda bo‘lib o‘tgan hukmron Konservativ partiya rahbari saylovidan chiqdi, deb xabar bermoqda The Observer manbalarga tayanib.
Qayd etilishicha, iste’foga chiqqanidan so‘ng Jonson ko‘ngilochar va iste’dod agentliklari, jumladan Endeavour va uning sho‘’ba korxonalaridan biri – Garri Uoker agentligi bilan siyosatchining omma oldida pullik chiqishi masalasida muzokaralar olib borgan.
Endeavour kompaniyasi rahbari, amerikalik biznesmen Ari Emanuel Jonsonni saylovda mag‘lub bo‘lsa, uning auditoriyadagi jozibadorligi, notiqlik faoliyatidan olgan daromadining yarmi yo‘qolishi haqida ogohlantirgan.
Eslatib o‘tamiz, sentyabr oyining boshida Jonsondan keyin hukumat rahbari lavozimini egallagan Liz Trass ko‘p o‘tmay - 20 oktyabr kuni iste’foga chiqishini e’lon qildi. Jonson yana yangi bosh vazir va Buyuk Britaniya Konservativ partiyasining rahbari bo‘lishi mumkin edi.
Jonson saylovdan voz kechgach, Britaniya Vazirlar Mahkamasi va Konservativ partiyani Buyuk Britaniyaning sobiq moliya vaziri Rishi Sunak boshqara boshladi.