Dunyoda eng kuchli smartfon ishlab chiqarildi
Asus kompaniyasi ROG Phone3 geymerlar (kompyuter o‘yinlari ishqibozlari) smartfonini taqdim etdi. Uskuna yuqori samarali Qualcomm protsessori bilan ta’minlandi. Bu haqda GSMArena nashri xabar berdi.
Smartfon 6,59 dyumli, 2340 x 1080 piksel o‘lchamli AMOLED ekrani va 144 gers maksimal yangilanish tezligi bilan chiqarildi. Uskuna Snapdragon 865+ chipi va 16 gigabaytgacha bo‘lgan tezkor xotiraga (PAM) ega. Shu sababdan ham u ayni vaqtda dunyodagi eng kuchli smartfon sifatida e’tirof etilmoqda. Qurilma UFS 3.1. standartidagi 512 gigabaytgacha bo‘lgan ichki xotira bilan jihozlangan.
Qurilmaning orqa tomonida 64,13 va 5 megapikselli 8K-video olish imkoniyatiga ega uchtali kamera o‘rnatilgan. ROG Phone3 6000 milliamper-soat sig‘imli 30 vatt tezkor quvvatlash imkoniga ega akkumlyator bilan jihozlangan.
Ishlab chiqaruvchilarning so‘zlariga ko‘ra, har bir foydalanuvchi smartfonni o‘zining ehtiyojlariga qarab sozlab olish imkoniga ega.
Devaysning 8 gigabaytlik tezkor xotira va 256 gigabaytlik ichki xotiraga ega bo‘lgan modifikatsiyasi 800 yevro miqdorida baholanmoqda. 12 gigabayt tezkor xotira va 512 gigabayt ichki xotiraga ega modifikatsiyaning bahosi esa 1100 yevro.