Dunyoning eng yirik shaharlari: Aholi soni bo‘yicha hayot qaynaydigan millionchi o‘nlik

Yandeks Travel kanali muallifi aholi soni bo‘yicha dunyoning 10 ta eng yirik shaharlari ro‘yxatini tuzdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, aynan shu shaharlar dunyo aholisi qanchalik tez o‘sib borayotganini aks ettiradi.

Yaponiya poytaxti Tokio birinchi o‘rinni mustahkam egallab turibdi. Ulkan moliyaviy va texnologik markazning 37 milliondan ortiq aholisi bor.

Keyingi o‘rinda 33 million aholiga ega Xitoyning Chunsin shahri joylashgan. U yerda qurilish uchun boshqa joy qolmaganligi sababli hatto turar-joy binosi o‘rtasidan metro liniyasi qurilgan.

Uchinchi o‘rinni 32 millionga yaqin aholiga ega Hindistonning Dehli shahri egallaydi. Mamlakat poytaxti yoshlarga o‘qish va ishlash uchun imkoniyatlar yaratib bermoqda.

Kuchli o‘nlikka, shuningdek, Shanxay, Dakka, San-Paulu, Mexiko, Qohira, Pekin va Mumbay kiradi. Bu shaharlarning har birida 20 milliondan ortiq aholi istiqomat qiladi.

Bu shaharlar, shuningdek, o‘ziga xos xususiyatlari bilan, masalan, Shanxay ajoyib osmono‘par binolari, Qohira esa qadimiy piramidalari bilan maqtana oladi.