Elektr energiyasi iste’molchilari diqqatiga!

Hurmatli iste’molchilar!

"Samarqand hududiy elektr tarmoqlari" korxonasi aksiyadorlik jamiyati tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 23 oktyabrdagi “Elektr energetikasi tarmog‘ini jadal rivojlantirish va moliyaviy barqarorligini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida belgilangan "Yo‘l xaritasi" ijrosini ta’minlash maqsadida Samarqand shahrida elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimi (ASKUE) joriy etilmoqda. Shu tufayli uskunalarni o‘rnatilishida elektr energiyasi ta’minotida vaqtincha uzilishlar sodir bo‘ladi. Fuqarolar tomonidan elektr hisoblagichlarni mansublik chegarasiga chiqarish va ko‘p qavatli xonadonlarda hisoblagichlarni o‘zboshimchalik bilan xonadonga olib kirganlar yo‘lakchadagi maxsus elektr щitiga chiqarishni ta’minlashi lozim.

Ushbu masalada kelib chiqadigan muammolar yuzasidan Samarqand shahri, Beruniy ko‘chasida joylashgan shtabda o‘rnatilgan +99895 410-01-79 telefon raqami orqali murojaat qilishingiz mumkin.

"Samarqand hududiy elektr tarmoqlari" korxonasi aksiyadorlik jamiyati.