Ishtixonda tadbirkor 2,3 mlrd. so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib kelayotgani aniqlandi

Bu 26 mingta xonadonning bir oylik iste’molini tashkil qiladi.

Energetika vazirligi ishchi guruhi tomonidan o‘tkazilgan nazorat tadbirida Ishtixon tumanida faoliyat yuritib kelayotgan “MAROQAND SIFAT TEKSTIL” MChJga qarashli tekstil mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi sexda foydalanilgan elektr energiyasi sun’iy ravishda pasaytirilgan tarif bo‘yicha hisob-kitob qilib kelinayotganligi aniqlandi. 

Xususan, iste’molchi tomonidan foydalanilgan elektr energiyasi miqdorini hisobotlarda sun’iy ravishda buzib (pasaytirib) ko‘rsatilganligi natijada tizimga 2,3 mlrd. so‘m zarar yetkazilganligi ma’lum bo‘ldi. 

Ushbu hajmdagi elektr energiyasi o‘rtacha 26 mingta xonadonning bir oylik iste’molini tashkil qiladi.

Qoidabuzar iste’molchiga nisbatan belgilangan tartibda choralar ko‘rildi.