Ishtixon tumanining Sheyxlar mahallasida “IT-Village” shaharchasi quriladi

Buning uchun respublika byudjetidan 5 milliard so‘m mablag‘ ajratiladi. Istirohat bog‘ida quriladigan majmua tezkor va ishonchli internet tarmog‘i bilan ta’minlanadi.

Bu yerda mahalliy va xalqaro IT kompaniyalar bilan hamkorlik o‘rnatiladi. Shu oraqali iqtidorli yoshlarni jalb etilib, “Start-Up”lar loyihalar tashkil etiladi.
Bundan tashqari, tumanda IT ta’lim va xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan xususiy maktab ochish rejalashtirilmoqda.
Tumandagi yigit-qizlarni zamonaviy kasblar va xorijiy tillarga o‘qitish uchun “Yoshlar markazi” tashkil qilinadi. Markaz moddiy-texnik bazasini shakllantirish uchun respublika byudjetidan 1,1 milliard so‘m ajratilishi belgilangan.