Samarqandda ko‘mir elektrostansiyasi quriladi
Respublikada teri xomashyosi resurslaridan samarali foydalanish va uni chuqur qayta ishlash darajasini oshirish orqali ichki va tashqi bozorlarda talab ko‘p bo‘lgan yuqori qo‘shilgan qiymatli tayyor charm-poyabzal mahsulotlari ishlab chiqarish loyihalari amalga oshiriladi.
Shuningdek, “Ingichka” volfram konini o‘zlashtirish buyicha xorijiy investor bilan muzokaralarni yakunlab, loyiha strategiyasi, hamkorlik shartlari va amalga oshirish muddatlarini daslabki kelishgan holda takliflar ishlab chiqiladi.
Samarqand shahrining “Xishrav-2” massividan ajratilgan 294 gektar yer maydonining 68 gektari “Urgut” erkin iqtisodiy zonasi tarkibidan chiqarilib, ushbu yer maydonida tashabbuskor investorni jalb etgan holda ko‘mir elektrostansiyasi quriladi. Mazkur quriladigan ko‘mir elektrostansisiga tutash bo‘lgan hududdagi yer maydonida yirik zamonaviy intensiv issiqxonalar kompleksi tashkil etiladi.
Bunda, “Urgut” EIZ hududidan chiqarilayotgan 68 gektar yer maydoni o‘rniga Samarkand tumanining Chordara massivi hududidagi tuman hokimligi zaxirasida bo‘lgan 68 gektar yer maydoni ajratiladi.