Yer yuzidagi tabiiy ofatlar har yili 300 milliard dollar zarar yetkazmoqda

Har yili tabiiy ofatlar natijasida ko‘rilayotgan zarar miqdori 300 milliard dollardan oshmoqda. Ushbu zararning asosiy qismini qishloq xo‘jaligi sohasi ko‘rmoqda.

Har yili Yer yuzi bo‘ylab 300 ga yaqin turli katta tabiiy ofatlar, halokatlar sodir bo‘lmoqda.
Ulardan o‘rtacha 100 million aholi jabr ko‘rmoqda.

Bu haqda BMT qoshidagi Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi bo‘limi mutaxassislari ma’lum qilgan.
Tabiiy ofatlar va boshqa turli halokatlardan eng katta yo‘qotish qishloq xo‘jaligi sohasiga to‘g‘ri keladi.
2005-2015 yillar oralig‘ida tabiiy ofatlar natijasida Yer yuzi bo‘ylab qishloq xo‘jaligi qariyb 100 milliard dollar zarar ko‘rgan.

Suv taqchilligi va qurg‘oqchilik ham Yer yuzidagi ko‘plab sohalarga ta’sir qilmoqda. Shuningdek, o‘rmon yong‘inlari, suv toshqinlari hatto aholi punktlariga ham yomon ta’sir ko‘rsatmoqda.
Tashkilot hisobotlariga ko‘ra, tabiiy ofatlarning ko‘payishiga iqlimning keskin o‘zgarishi ham sabab bo‘lmoqda.