Berlinda favqulodda holat: Germaniyaga kuchli dovul yopirildi
- 18.02.2022 11:30
- 82
- Xorij
Germaniya meteorologiya xizmati shamolning maksimal tezligini soatiga 152 kilometrgacha qayd etdi. Berlinda favqulodda holat e’lon qilingan.
Mamlakat hukumati fuqarolarga uyda qolishni tavsiya etmoqda. Ehtiyot chorasi sifatida aviakompaniyalar va temir yo‘l kompaniyalari qator hududlarda reyslar va poyezdlar qatnovini bekor qilmoqda. Quyi Saksoniyada dovul yetkazgan zarar tufayli barcha poyezdlar harakati bekor qilindi.
Mamlakatning ayrim shaharlarida kuchli bo‘ron suv toshqinlariga olib keldi. Shimoliy dengizdagi Nordstrandishmur oroli tunda butunlay suv ostida qoldi.
Qurbonlar haqida hozircha ma’lumotlar e’lon qilinmagan.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Samarqandda “smart avtobekat”lar o‘rnatiladimi?
- Kecha, 18:17
- Samarqand
Shafqatsiz hayvonlar
- Kecha, 18:07
- O'qing, qiziq!
Hayot tuprog‘iga qorishgan oltin
- Kecha, 16:05
- Mutolaa
Yonimizdagi soxta mehribonlar
- Kecha, 16:05
- Mutolaa