AQShda tornado, Filippinda suv toshqinlari, o‘nlab qurbonlar bor
AQShda ro‘y bergan tornado 17 kishining hayotiga zomin bo‘ldi, 12 kishi jarohatlangan, deya xabar berdi Associated Press.
Agentlikning Otoga okrugi (Alabama) favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘iga tayanib ma’lum qilishicha, rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, yomon ob-havo tufayli 40 dan 50 tagacha uy zarar ko‘rgan.
Poweroutage.us portali ma’lumotlariga ko‘ra, Jorjiya va Alabama shtatlarida 65,6 ming mingdan ortiq iste’molchi elektr energiyasiz qolmoqda.
Filippindagi suv toshqinlari oqibatida ham kamida 17 kishi halok bo‘lgan, bedarak yo‘qolgan va jarohatlanganlar bor. Tabiiy ofatlarni bartaraf etish bo‘yicha Milliy kengashining hisobotiga ko‘ra, bir-necha oydan beri hukm surayotgan noqulay ob-havo mamlakatning 13 ta hududida 523,9 mingdan ortiq aholiga zarar yetkazgan.
Evakuatsiya markazlariga 71,4 ming kishi ko‘chirilgan. Uylar, infratuzilma ob’yeklari, dengiz porti, ko‘priklar, qishloq xo‘jaligiga zarar katta zarar yetgan.
488 ta shahar va 110 ta munitsipalitetda tegishli ravishda ta’lim muassasalarida darslar va korxonalarda ish to‘xtatilgan. Beshta aholi punktida favqulodda holat joriy etilgan.